Shaharlar
Shaharlar
Turlar, mehmonxonalar va yo'nalishlar bog'langan shaharlar.
Dubay
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)
Dubay — Birlashgan Arab Amirliklarining eng mashhur va zamonaviy shahri bo‘lib, Burj Khalifa, Palm Jumeirah, hashamatli mehmonxonalari, savdo markazlari va qiziqarli dam olish maskanlari bilan dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etadi. Shahar cho‘l va zamonaviy arxitekturaning uyg‘unligi, turli millatlarning madaniyati, shuningdek, shopping, plyajlar va cho‘l safarlari bilan mashhur. 🛍 Shopping festivallari (Dubay Shopping Festival) 🏖 Plyaj dam olish – Jumeirah Beach, La Mer 🚤 Daryo va dengiz bo‘yida yaxtalarda sayohat 🐪 Cho‘l safari – jeep, quad-bike, tuya sayohati, beduin lageri 🎶 Tungi hayot – restoranlar, klublar, festivallar 🎢 Tematik parklar – Motiongate, Legoland, IMG Worlds of Adventure
Abu Dabi
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)
🇦🇪 Abu Dabi – BAAning poytaxti va hashamat markazi. Ulkan masjidlar, osmono‘par binolar va orollardagi plyajlari bilan mashhur. Sheikh Zayed masjidi, Corniche sohil yo‘lagi va madaniy muzeylari sayyohlar uchun alohida joziba yaratadi.
Sir Bani Yas oroli
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)
🏝️ Sir Bani Yas oroli – Abu Dabidan tashqarida joylashgan haqiqiy tabiat mo‘’jizasi. Bu yerda safari bog‘lari, noyob hayvonlar, qadimiy monastir xarobalari va hashamatli plyaj kurortlari bor. Dam olish va sarguzashtni birlashtirish uchun eng zo‘r manzil.
