TripMarket
Bosh sahifaTurlarAgentliklarXizmatlar

Huquqiy ma'lumot

Foydalanish Shartlari

TripMarket xizmatlaridan foydalanishda amal qiladigan qoidalar.Oxirgi yangilanish: 20.04.2026

1. Umumiy ma'lumot

TripMarket β€” bu tur firmalari (agentliklar) tomonidan taqdim etilgan xizmat va tur paketlarini ko'rish, solishtirish va buyurtma qilish imkonini beruvchi onlayn platforma hisoblanadi.

Platforma xizmat ko'rsatuvchi emas, balki foydalanuvchi va xizmat ta'minotchilar o'rtasida vositachi (marketplace) sifatida faoliyat yuritadi.

2. Platformadan foydalanish

Platformadan foydalanish orqali siz:

  • faqat qonuniy va halol maqsadlarda foydalanishga
  • o'zingiz haqingizda to'g'ri va dolzarb ma'lumot kiritishga
  • boshqa foydalanuvchilar va xizmat ko'rsatuvchilarga zarar yetkazmaslikka

rozilik bildirasiz.

3. Xizmatlar tavsifi

TripMarket quyidagilarni ta'minlaydi:

  • tur paketlarini ko'rsatish va taqqoslash
  • xizmatlarni tanlash va bron qilish
  • ayrim hollarda onlayn to'lovni amalga oshirish

Muhim: TripMarket tur xizmatlarini bevosita ko'rsatmaydi. Barcha xizmatlar uchinchi tomon β€” tur agentliklar tomonidan amalga oshiriladi.

4. To'lovlar va escrow tizimi

  • To'lovlar platforma orqali qabul qilinishi mumkin
  • To'langan mablag'lar vaqtincha escrow tizimida ushlab turiladi
  • Xizmat bajarilgandan so'ng mablag' xizmat ko'rsatuvchiga o'tkaziladi

TripMarket moliyaviy tashkilot emas va faqat texnik vositachi sifatida ishlaydi.

5. Narxlar va komissiya

  • Xizmat narxlari tur agentliklar tomonidan belgilanadi
  • Platforma komissiyasi foydalanuvchi tomonidan xizmat narxiga qo'shilgan holda to'lanishi mumkin
  • Narxlar o'zgarishi mumkin

6. Bekor qilish va refund

  • Har bir tur agentlik o'zining refund siyosatiga ega
  • Buyurtma bekor qilinganda pul qaytarilishi agentlik qoidalariga bog'liq
  • TripMarket refund jarayonini texnik jihatdan amalga oshiradi, lekin qaror agentlik tomonidan belgilanadi

7. Foydalanuvchi va xizmat ko'rsatuvchi o'rtasidagi munosabat

Xizmat sifati, xavfsizligi va bajarilishi uchun to'liq javobgarlik agentlik zimmasida.

TripMarket faqat:

  • buyurtmani yetkazish
  • to'lovni qayta ishlash
  • texnik qo'llab-quvvatlash

bilan shug'ullanadi.

8. Javobgarlik chegarasi

TripMarket quyidagilar uchun javobgar emas:

  • xizmat sifati
  • safar davomida yuzaga kelgan muammolar
  • xizmat bajarilmasligi

Barcha nizolar bevosita xizmat ko'rsatuvchi bilan hal qilinadi.

9. Foydalanishni cheklash

Quyidagi holatlarda akkaunt cheklanishi yoki bloklanishi mumkin:

  • noto'g'ri yoki soxta ma'lumot berilganda
  • noqonuniy harakatlar aniqlanganda
  • platforma qoidalari buzilganda

10. Shaxsiy ma'lumotlar

  • Sizning ma'lumotlaringiz platforma tomonidan qayta ishlanadi
  • Ular faqat xizmat ko'rsatish maqsadida ishlatiladi
  • Qonunga zid ravishda uchinchi shaxslarga berilmaydi

11. Intellektual mulk

Platformadagi barcha materiallar, jumladan dizayn, matn va logo:

  • TripMarketga tegishli
  • ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi

12. O'zgarishlar

TripMarket ushbu shartlarni istalgan vaqtda o'zgartirish huquqiga ega. Yangilangan shartlar saytga joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.

13. Aloqa

Savollar uchun bizga murojaat qiling:

info@tripmarket.uz
TripMarket

Turlar, agentliklar va sayohat xizmatlari uchun yagona bozor.

f
+998 77 265 54 00 info@tripmarket.uz Tashkent, Uzbekistan

Kashf etish

TurlarAgentliklarXizmatlarYo'nalishlarMehmonxonalar

Kompaniya

TripMarket haqidaKo'p beriladigan savollarHamkorlar uchun savollar

Yordam

Foydalanish ShartlariMaxfiylik siyosati
Β© 2026 TripMarket. Barcha huquqlar himoyalangan.TripMarket.uz
Bosh sahifaTurlarAgentliklarTaqqoslashXizmatlarProfil